Professional buxgalterlar jamoasi biznesingizning barcha moliyaviy operatsiyalarini to'g'ri yuritadi, hisobotlarni o'z vaqtida tayyorlaydi va hujjatlaringizni tartibga soladi.
Hisobvaraq-fakturalar, tovar-transport yuk xatlari (TTN), tovarlarni qabul qilish dalolatnomalari va shartnomalar bilan ishlash.
To'lov topshiriqnomalarini tayyorlash, bank ko'chirmalarini buxgalteriyaga 1C dasturiga kiritish, kreditorlik va debitorlik qarzlarini kuzatish, valyuta operatsiyalari hamda bank qoldig'i haqida tezkor xabar berish.
Oylik ish haqini hisoblash, mehnat shartnomalari va buyruqlarni rasmiylashtirish, ta'til, kasallik hamda dekret nafaqalarini hisoblash, ish vaqti tabelini yuritish.
Barcha soliq hisobotlarini tayyorlash, soliq organlariga o'z vaqtida yuborish va hisoblangan soliqlarni o'z vaqtida to'lash bo'yicha amaliy yordam.
Balans hisoboti, daromad va xarajatlar hisoboti, statistika organlariga hisobotlarni yopish va biznes egalari uchun moliyaviy tahlillar.
Hali ham savollar bormi?
Bepul konsultatsiyada barcha savollaringizga javob beramiz